Koronavirusning paydo bo‘lishi haqida yangi taxmin ilgari surildi

Salomatlik

image

Yangi koronavirus inson tanasiga 2012 yildayoq moslashgan bo‘lishi mumkin. Virusolog Jonatan Latem va biolog Ellison Uilson shunday fikrda, deb xabar bermoqda “The Sun”.

Tadqiqotchilar Xitoyning Yunnan provinsiyasida konchilarni davolagan shifokorning qaydlarini topishgan. U shifokor ikki hafta konni ko‘rshapalaklardan tozalab kasal bo‘lgan ishchilarni davolagan. Bemorlarda COVID-19 dagidek alomatlar: pnevmoniya, quruq yo‘tal, bo‘g‘imlarda og‘riq, yuqori harorat bo‘lgan. Bemorlarning o‘pkasini ventilyatsiya qilish kerak bo‘lgan. Olti ishchidan 3 nafari vafot etgan.

Konchilarning namunalari Uxandagi laboratoriyaga yuborilgan va u yerda bemorlarning atipik pnevmoniyaga o‘xshash kasallikka chalingani xususida tashxis qo‘yilgan. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, shu tariqa COVID-19 inson organizmiga moslashgan.

Oxirgi oylarda yangi turdagi koronavirusning paydo bo‘lishi haqida turlicha taxminlar ilgari surildi. Shu bilan birga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti infeksiyaning yetarli darajada o‘rganilmagani va bu borada xulosa qilishga erta ekanini ta’kidlamoqda. Ekspertlar tadqiqotlarni davom ettiryapti.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

1190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing