Davlat organlarida yangi lavozim joriy etiladi

Jamiyat

image
Kuniga 10 ming qadam yurganlarga imtiyoz beriladi – Prezident qarori loyihasi north_east

Kuniga 10 ming qadam yurganlarga imtiyoz beriladi – Prezident qarori loyihasi

O‘zbekistonda yilda bir kun avtomobilda harakatlanish taqiqlanishi kutilmoqda north_east

O‘zbekistonda yilda bir kun avtomobilda harakatlanish taqiqlanishi kutilmoqda

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Loyihada belgilanishicha, 2021 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida:

•    mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida faoliyat yuritayotgan xodimga qo‘shimcha vazifa yuklash orqali “Sport targ‘ibotchisi” lavozimi joriy etiladi va mazkur vazifalar yuklatilgan xodimning ish haqiga qo‘shimcha ravishda 30 foiz miqdorda ustama belgilash yo‘lga qo‘yiladi;

•    mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni (trenajer zali, “Workout” maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari) moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida:

ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari;

•    haftasiga kamida bir marotaba xodimlarning jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda (yugurish, suzish, futbol, badminton voleybol, basketbol, tennis va boshqalarda) ishtirok etishini nazarda tutadigan “Salomatlik kuni”;

•    muntazam ravishda xodimlar orasida ommaviylashgan sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari va boshqa jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar o‘tkazib borilishi;

•    texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlariga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilash amaliyotga joriy etiladi.

Mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ularning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratish, ushbu vazifalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilib borish ‒ davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga:

•    respublikadagi barcha mehnat jamoalarida xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi hamda buning uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish masalalarini kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi jamoa shartnomalari mazmuniga kiritish;

•    “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” maxsus sport sinovlari bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni (I, II, va III o‘rin) qo‘lga kiritgan davlat tashkilotlari rahbar va xodimlarini yiliga bir martalik dam olish maskanlari yoki sanatoriylarga imtiyozli yo‘llanmalar berish tartibini joriy etish;

•    jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadigan, shuningdek, ishchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan ish beruvchilarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori loyihasi

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing