Qozog‘iston prezidentligiga ilk ayol nomzod

Olam

image

“Ak-Jol” partiyasi vakili Daniya Yespayeva Qozog‘iston prezidentligiga birinchi ayol nomzod bo‘ldi. Yespayeva 1961 yilda Oqto‘be viloyatida tug‘ilgan. 1982 yilda Olma-Ota hisob-kredit texnikumini 1993 yilda Davlat boshqaruv Akademiyasini bitirgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

Daniya Yespayeva asosiy ish faoliyatini banklarda o‘tkazshgan – umumiy hisobda 34 yil, undan 17 yil boshqaruvchi lavozimlarida ishlagan.

Yespayeva “Kurmet” ordeni va Qozog‘iston mustaqilligining 20 yilligi – davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Bugungi kunda Daniya Yespayeva “Kazkommersbank”ning Oqto‘be filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlaydi. Jamoat ishlarida va xayr-ehson aksiyalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Daniya Yespayeva 58 yoshda. Hozirda oilasi bilan ajrashgan, 2ta farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

118

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing