Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi OAV vakillari uchun harbiylashgan musobaqa o‘tkazdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 iyul kuni Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi tashabbusi bilan Jizzax viloyatidagi “Forishʼʼ tog‘ poligonida internet nashrlari hamda mustaqil faoliyat yuritayotgan jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida harbiylashgan musobaqa bo‘lib o‘tdi. 

Mudofaa vazirligi miqyosida birinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada QALAMPIR.UZ muxbiri ham poligonda o‘q otish mashqlarini bajarib, har biri pistolet hamda avtomatdan merganlik qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi. Shu bilan birga, musobaqa ishtirokchilari jangovar texnikalardagi ekipaj tarkibida 10 kmga harakatlanish, kunning ikkinchi yarmida axloqiy-ruhiy to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish kabi vazifalarni bajardi.

Tanlov yakunida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov bilan davra suhbati o‘tkazilib, otish tayyorgarligidan eng yuqori natija ko‘rsatgan bir nafar jurnalist va blogerga qo‘mondonning maxsus sovg‘asi topshirildi. 

Musobaqaning barcha ishtirokchilariga esdalik uchun harbiy anjomlar berildi. QALAMPIR.UZ muxbiri musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, Markaziy harbiy okrugi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiy bo‘linmalari Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlarida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy harbiy okrug musobaqa

Baholaganlar

2

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing