Hukumat probatsiya xizmati faoliyatiga oid yangi qarorni qabul qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, yuridik yo‘nalishdagi OTMlar ta’lim dasturlariga nazorat ostidagilarning psixologik portretini o‘rganish bo‘yicha maxsus mavzular kiritiladi hamda tegishli OTMlarda psixologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning probatsiya bo‘linmalarida amaliyot o‘tashlari yo‘lga qo‘yiladi.

Qaror bilan 2020-2021 yillarda ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari rejasi hamda hamkorlikdagi faoliyat mexanizmi tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning tegishli qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etilishini nazorat qilish negizida vazirlikning Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati tashkil etilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

probatsiya xizmati

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar