100 dan ortiq ota-ona farzandining sayoq yurgani sababli jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida soat 22:00 dan keyin voyaga yetmagan ishi bo‘yicha inspektorlar yoshlar to‘planadigan joylarda reydlar o‘tkazyapti.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati internet-kafe yoki tungi klublarda voyaga yetmaganlarni kattalar hamrohligisiz yurganini aniqlasa, huquq-tartibot organlari ularning ota-onasini jarimaga tortishi mumkinligini ta’kidlagan.

IIBB voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha bosh inspektor Abdurashid Ochilovning ma’lum qilishicha, Toshkentda so‘nggi 8 oyda 137 ota-ona farzandi uchun jarima to‘lagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, internet-kafe. Tungi klubda 22:00 dan keyin voyaga yetmagan yoshlar aniqlansa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-2-moddasi (Voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish) bilan ish ochiladi.

Bayonnoma tuzilgach, ish sudga yuboriladi. Ota-onalarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tungi klub jarima

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made