Bozorlardagi narx-navo qanday?

Jamiyat

image

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida joriy yil 8 sentyabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma’lum qildi. Natijalarga ko‘ra, bozorlarda go‘shtning narxi 42 000 so‘mdan boshlanib, 85 000 so‘mga sotilgan. Eng qimmat go‘sht esa, Toshkent shahrida qayd etilgan.  

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 42 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida 42 000 so‘m qayd etilgan. Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” da 68 000 so‘m kuzatilgan.

Qo‘y go‘shti 45 000 so‘mdan 85 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (45 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 85 000 so‘m kuzatilgan.

Kartoshka 2 400 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx 2 400 so‘m qayd etilgan. Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx 6 000 so‘m qayd etilgan.

Piyoz 800 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi o‘rganish natijalariga ko‘ra, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da 800 so‘m holida ro‘yxatga olingan. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi 3500 so‘m kuzatilgan.

Sabzi 1 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, sabzi mahsulotining minimal narxi, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” va Farg‘ona shahrining “Markaziy dehqon bozori”da 1 500 so‘m qayd etilgan. Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx esa, 5 000 so‘m ko‘rinishida qayd etilgan.

Tuxum 6 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida 6 000 so‘m qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (12 000 so‘m).

Guruch 5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

O‘rganish natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, da (“Mustaqillik” navli guruch 5 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 800 so‘mdan 15 000 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 800 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 15 000 so‘m) kuzatilgan.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 800 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 so‘m) kuzatilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

go'sht

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing