O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi

Madaniyat-san’at

Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1973–1979 yillarda ToshDU ning (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida sirtdan o‘qigan.

Anvar Obidjon 1981–1986 yillarda “Kamolot” nashriyotida muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari, 1986–1987 yillarda “Yulduzcha” nashriyotida bosh muharrir, 1988 yilda “Yosh kuch” jurnalida adabiy xodim, 1988–1989 yillarda bo‘lim mudiri, 1989–1998 yillarda “Cho‘lpon” nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘lib ishladi.

Shoir “Ona yer” (1975), “Olovjon va uning do‘stlari” (1983), “Bezgakshamol” (1985), “Akang qarag‘ay Gulmat” (1987), “Oltin yurakli Avtobola” (1986), “Alamazon va Gulmat hangomasi” (1992), “Meshpolvonning janglari” (1994), “Oltiariq hangomalari” (1999), “Odobli bo‘lish osonmi?” (2001), “Meshpolvon” (2003) singari 25 ta to‘plamini chop ettirdi.

Anvar Obidjon 1997 yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan, 1998 yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati shoirning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Anvar Obidjon

Baholaganlar

355

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar