YeCHL: Katta futbol oqshomiga tayyormisiz?

Sport

image

Kecha tunda UEFA Chempionlar ligasining chorak final o‘yinlariga start berilgan edi. Bugun ushbu bosqich doirasida yana ikkita o‘yin o‘tkaziladi.

Parallel ravishda boshlanadigan o‘yinlarning birinchisida Turinning “Yuventus” klubi Gollandiya poytaxti Amesterdamda “Ayaks” mehmoni bo‘ladi. 

YeCHLning markaziy o‘yini esa Manchesterda o‘tkaziladi. Unda mahalliy jamoa MYU Kataloniyaning “Barselona”siga qarshi to‘p surishlari kerak. 

Ko‘pchilik futbol ixlosmandlarining fikricha, bugungi bahslarda omad mehmonlarga kulib boqishi mumkin. Ammo, bundan buyog‘iga kuchsiz jamoalar chorak finalgacha yetib kelmagan degan fikrlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, har ikkala o‘yin ham har qanday natija bilan yakun topishi mumkin. Shunday ekan oldinda bizni katta futbol oqshomi kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

EChL

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing