Feldmarshal Haftar Tripoliga uch tomondan hujum boshladi

Olam

image

Liviya poytaxti Tripoli yaqinida Milliy birlik hukumati askarlari va feldmarshal Xalifa Haftar qo‘mondonligidagi Liviya milliy armiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar yangi kuch bilan avj oldi.

Haftar askarlari shaharga uch tomondan hujum boshladi: janglar poytaxtdan sharqdagi Tajuro munitsipaliteti, g‘arbdagi Janzur tumani va janubdagi Tripoli xalqaro aeroporti joylashgan Bin G‘ashir shahri hududida kechmoqda.

Bu aeroport foydlanilmaydi va shu sababdan katta strategik ahamiyatga ega emas, ayni vaqtda barcha parvozlar shaharning sharqiy chekkasida joylashgan “Mitiga” aeroportidan amalga oshiriladi. Haftar kuchlarining o‘ng qanoti aynan shu yerga hujum boshlagan. Haftar bundan tashqari, birinchilardan bo‘lib milliy bank va davlat telemarkazini egallashga urinyapti.

Ba’zi guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, LMA askarlari shahar markazidan 15 km uzoqlikda ko‘rinish bergan.

Tripoli himoyasiga hukumat qo‘shinlari va xolis o‘z-o‘zini himoya qilish otryadlari jalb qilingan.

Shu bilan birgalikda, avval Milliy birlik hukumatini qo‘llab-quvvatlab kelgan Liviyadagi yirik radikal jangarilar guruhi – “Maxsus to‘xtatuvchi kuchlar” (RADA Special Deterrence Forces) ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Haftar tomoniga o‘tganini e’lon qildi. Agar bu ma’lumot tasdiqlanadigan bo‘lsa, bu Tripolidagi milliy birlik hukumati rahbari, Bosh vazir Faiz Sarroj uchun jiddiy zarba bo‘ladi.

AFP agentligi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt aholisi oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilg‘i g‘amlashga kirishgan.

Milliy birlik hukumati rahbari Faiz Sarroj telemurojaatda general Xalifa Haftarni xoinlik va davlat to‘ntarishi uyushtirishda ayblagan.

U hukumati shu vaqtgacha “qo‘lini tinchlik uchun uzatganini”, ammo endi Haftar faqatgina “kuch va qa’tiyat”bilan qarshilashishini ma’lum qildi.

Shanba kuni Liviya harbiy-havo kuchlari samolyotlari poytaxtdan 50 km masofada to‘xtab turgan Haftar armiyasi pozitsiyalariga aviazarbalar yo‘lladi. Bu bombalash natijalari ma’lum emas, ammo Liviya milliy armiyasi vakili Haftar bu hujum uchun qasos olishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya Xalifa Haftar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing