Hukumat qarori bilan qator lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
20 may 2020
14996Hukumatning 2020 yil 20 maydagi qarori bilan qator tashkilot va o‘quv muassasalarida lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Unga muvofiq:
Gulchehra Shavkatovna Rixsiyeva Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining rektori etib tayinlandi.
Shuningdek, Oral Aminovna Ataniyazova Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, Mirsaid Miralimovich Zaxidov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari etib, Adhamjon Numonjonovich Muydinov esa “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
LiveBarchasi