Toshkent va Nyu-York o‘rtasidagi navbatdagi charter reys kuni aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 avgust kuni Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishida navbatdagi charter charter repatriatsiya qatnovini amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK xabar bermoqda. 

Qatnov quyidagi jadvalga asosan amalga oshiriladi (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan): 

Toshkent – Nyu-York

Toshkentdan ketish vaqti - 06:45, Nyu-Yorkga qo‘nish vaqti - 11: 00 .

Nyu-York-Toshkent

Nyu-Yorkdan ketish vaqti - 13:00, Toshkentga qo‘nish vaqti - 10:00+1. 

Toshkent - Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnoviga  aviachiptalarni " Uzbekistan Airways Sales" Markaziy sotuvlar ofisida  7 avgustdan boshlab jonli navbat tartibida va yo‘lovchining o‘zi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar uchun – passport; 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos. 

Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat etish lozim. 

“Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so‘ramasligingizni so‘raymiz. 

Sizga chiptada ko‘rsatilgan narxni "Uzbekistan Airways" AJ filialining kassasida to‘lagan pulingiz miqdori  bilan solishtirishni tavsiya qilamiz”, deyiladi MAK xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

charter reys

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing