Rustam Assakalov Tokio-2020 Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Rustam Assakalov Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Qozog‘iston poytaxtida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kunida yunon-rim kurashi bo‘yicha -87 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan Rustam Assakalov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, yarim final ishtirokchilari kelasi yili Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. 

Assakalov jahon chempionatini panamalik kurashchi ustidan qozonilgan g‘alaba bilan ishtirok bahslarni boshladi va shundan so‘ng Turkiya, Rossiya va chorak finalda Kuba terma jamoasi vakillarini ham mag‘lubiyatga uchratdi.

Sportchi endilikda final yo‘llanmasi uchun vengriyalik Viktor Lorinsga qarshi gilamga chiqadi. 

Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritilgan beshinchi yo‘llanma bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, Rustam Assakalov 2015 yil Las-Vegas mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida kumush medalni qo‘lga kiritib Rio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Assakalov Tokio Olimpiadasi

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing