Yaponiyada COVID-19 ko‘payishini bloklaydigan preparat aniqlandi 

Olam

image

Yaponiyalik olimlar COVID-19 ko‘payishini bloklab tashlaydigan yangi preparatni aniqlashdi. Bu haqda bioRxiv portalida xabar berildi.

Ular taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, nelfinavir dori vositasi xuddi ana shunday xususiyatga ega. Ushbu preparatdan OITSni boshqa dorilar bilan birga davolashda foydalaniladi. 
Shifokorlar tadqiqot davomida preparatni qo‘llashdi va COVID-19 patogenining replikatsiya faolligining pasayishiga guvoh bo‘lishdi.

Biroq olimlar koronavirus infeksiyasiga qarshi rasmiy vositalar yo‘qligini ma’lum qildi. Shuning uchun antiviral preparatlarni sinovdan o‘tkazishni davom ettirish kerakligini ta’kidlashdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga 7 370 nafar odam chalindi. 784 bemor shifo topgan bo‘lsa, 123 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya COVID-19

Baholaganlar

528

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing