Maktablarda o‘quv soatlari kamaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida 1-4-sinf o‘quvchilarining haftalik o‘quv soati jami 88 soat belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me’yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang‘ich sinflarning o‘quv soatlari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqlashtirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalga oshirish to‘g‘risida”gi majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida doimiy tarzda ommaviy sport turlari musobaqalarini o‘tkazish orqali o‘quvchilarning jismoniy sog‘lom bo‘lishlari, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik o‘quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

Endilikda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani o‘qituvchisi “Jismoniy tarbiya” fani o‘qituvchisi bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida turli sport musobaqalarini o‘tkazadi.

Shu sababli, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanining haftalik o‘quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasida bu qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab dars

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing