“Chilonzor” bekatida poyezd to‘xtab qoldi
Jamiyat
−
08 mart
5379Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining “Chilonzor” bekatida harakat tarkibi to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, bugun, 8 mart kuni soat 16:48 da “Chilonzor” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 23-sonli harakat tarkibining kompressorida nosozliklar bo‘lgani sababli, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, mashinist tomonidan yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilgan.
Shundan so‘ng, poyezd ortdan kelayotgan 22-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olingan holda tekshiruv yo‘lagi tomon yuborilgan.
“Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda”, deyiladi izohda.