Bo‘stonliqda dahshatli yong‘in. 7 uy yonib ketdi (fotoreportaj)

3-sahifa

о5

Kecha, 20 sentyabr kuni Bo‘stonliq tumani, Chinor MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan 7 uy yonib ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yong‘in soat 14:00 larda Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan 7 ta uyda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yong‘in S.Saidboboyevga tegishli 38-uyda kelib chiqqan. Elektr uzatgichda yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida uyning tom qismida chiqqan yong‘in, yonma-yon joylashgan 30, 32, 34, 36, 40-uylarga o‘tgan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun FVV tuman bo‘limining 65 nafar xodimi, 9 ta o‘t o‘chirish maxsus avtomashinalari, 3 ta suv tashish texnikasihamda tuman yo‘l qurilish bo‘limining 3 ta suv tashish texnikasi jalb etilgan. 

Shuningdek, yong‘inni o‘chirish uchun tuman IIBning 6, Milliy gvardiya tuman bo‘limining 10, mahallaning 50 nafar ko‘ngilli yoshlari jalb qilinib, qurilgan tezkor choralari natijasida soat 18:00 larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 

Qayd etilishicha, mazkur yong‘inni kelib chiqish sabablari FVV viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.

“Hozirgi kunda tuman hokimi boshchiligida hodisa joyida shtab tuzilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shu bilan birga, talofat ko‘rgan har bir xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazildi va ularning istagidan kelib chiqqan holda vaqtinchalik yashash joy bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.

Fuqarolarning uy-joylarini qayta tiklash va yong‘in oqibatlarini bartaraf etish uchun tumandagi barcha kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va ularning texnika vositalari jalb qilindi. Hozirda tegishli amaliy tadbirlar (fuqarolarga psixologik yordam ko‘rsatish, xududni chiqindirlarda tozalash va boshqa) olib borilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi”, deyiladi hokimlik Matbuot xizmati yetkazgan xabarda. 

Yong‘idan talofat ko‘rgan uy-joy egalari haqida ma’lumotlar:

1.    30-uy – Faxriddin Ro‘ziboyevich Matboboyev, 05.10.1964 yilda tug‘ilgan, xonadonda 3 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
2.    32-uy – Shoira To‘ychiyeva, 05.03.1959 yilda tug‘ilgan, xonadonda 9 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
3.    34-uy – Hilola Xaydaraliyeva, xonadonda 7 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
4.    36-uy – Toir Ro‘ziboyevich Minyazov, 22.03.1960 yilda tug‘ilgan, xonadonda 4 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
5.    38-uy – Salim Tulanovich Saidboboyev, 30.03.1963 yilda tug‘ilgan, xonadonda 6 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan.
6.    40-uy – Karim Tulanovich Saidboboyev, 27.04.1959 yilda tug‘ilgan, xonadonda 6 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 
7.     44-uy – Hayitvoy Saidboboyev, 10.01.1955 yilda tug‘ilgan, xonadonda 10 nafar oila a’zolari istiqomat qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Bo'stonliq tumani

Baholaganlar

542

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made