Biz saylovni yakunlangan deb hisoblamaymiz – MTP raisi

Jamiyat

image
Singapurlik kuzatuvchi: Bizda partiyalar mitinglar qilishadi, fuqarolarning uylariga borishadi north_east

Singapurlik kuzatuvchi: Bizda partiyalar mitinglar qilishadi, fuqarolarning uylariga borishadi

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kecha, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari a’zolari saylovining natijalari e’lon qilindi. MSK raisi bilan bo‘lib o‘tgan anjumandan so‘ng so‘z mamlakatda faoliyat olib borayotgan besh siyosiy partiya raislariga berildi. 

Parlamentda 35 o‘rinni olib, dastlabki natijalarga ko‘ra, saylovda g‘oliblik shohsupasining ikkinchi o‘rnini egallagan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov 22 ta saylov okrugida bo‘lib o‘tadigan takroriy saylov jarayonlaridan ham umidvor ekanini qayd etdi.

“Bu saylov O‘zbekistonda siyosiy muhit tom ma’noda o‘zgargani sifatida baholanishi kerak. Ochiq galashdik. Siyosiy partiyalar o‘rtasida o‘zaro raqobat ochiq va shaffof bo‘ldi. “Milliy tiklanish” partiyasi jamiyatimizga o‘z takliflarini berdi va hozirgi natijalar shuni ko‘rsatyaptiki, xalq parlamentdan yaqqol bir kuchning ajralib chiqishini emas, birgalikda ishlashni talab qilmoqda. Biz saylovni yakunlangan deb hisoblamaymiz. Chunki 22 o‘rin “Milliy tiklanish” partiyasining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi uchun yaqqol imkoniyat sifatida baholanadi. Lekin biz ochiq-oydin bir narsani e’tirof etishimiz kerakki, shaffof o‘tgan saylovlar, O‘zbekistonda hokimiyat shakllanishida xalqning bevosita faol ishtirok etish jarayoni yangi parlamentning qanday faoliyat yuritishi kerakligi haqidagi yaqqol signallarni berdi”, deydi Alisher Qodirov. 

Eslatib o‘tamiz, qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 22 okruglarda nomzodlarning birontasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov Milliy tiklanish demokratik partiyasi

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made