Buxoroda kuchli bo‘ron: 7 kishi jarohatlandi

Jamiyat

image

Buxoroda kecha, 27 aprel kuni kech soatlarda ro‘y bergan kuchli shamol oqibatida 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazining 27 aprel kuni soat 20:30 da taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 15-25 m/s (54-90 km/soat) tezlikda kuchli shamol esishi natijasida ijtimoiy soha ob’ektlariga, aholi yashash xonadonlariga va hududdagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida avtotrasport vositalariga zarar yetgan. Shuningdek 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati  olgan.

Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida ham kuzatilish ehtimoli mavjud. Shu munosabat Toshkent  shahar hokimligi poytaxtliklarga ogohlantirish bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi:

“28 aprel kun davomida poytaxtimizda kuchli shamol  kutilmoqda, 12-17m/s. Bu esa o‘z navbatida daraxt va ularning shoxlarini sinishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin.

Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni iltimos qilamiz”.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing