Chaqirilish muddati tugaganlar mart-aprel oylarida harbiy xizmatga chaqiriladi – Prezident qarori

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga muddatli harbiy xizmatga chaqirilish davrida chaqiruv yoshidagi fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Belgilansinki:

2019 yildan boshlab chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi;

muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, joriy yil chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

2. 2018 yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari 2019 yilning mart-aprel oylarida rezervga bo‘shatilsin. 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Mahmudov zimmasiga yuklansin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev

Toshkent shahri, 
2019 yil 22 fevral


Maqola muallifi

Teglar

qaror harbiy xizmat chaqiruv

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing