Mast haydovchi yosh yo‘lovchining hayotiga zomin bo‘ldi

Jamiyat

image

Navoiyda avtomobilni mast holda boshqarib borgan haydovchi boshqa bir fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qilmoqda.

2019 yil 2 aprel kuni soat 01:30 larda, fuqaro N. ismli shaxs “Matiz ” rusumli 85 O 056 FA davlat belgili avtomashinani M-37 avtomobil yo‘lining 151-152 kilometrlari oralig‘ida “Samarqand-Buxoro ” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borib, yo‘lda harakatlanib kelayotgan piyoda 1997- yilda tug‘ilgan fuqaro D. ni avtomashinani o‘ng old tomoni bilan urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Haydovchi piyodaning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olganligini bila turib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib yashiringan. Natijada Fuqaro D. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli voqea joyida vafot etgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi mast holatda bo‘lgan, transport vositasi o‘ziga tegishli bo‘lmagan, hamda odam o‘limiga sabab bo‘lib, voqea joyidan yashiringan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

38

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing