Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinish sur’ati ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda

Olam

image

Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallangan bemorlarning o‘lim holati 717 taga ko‘paydi. Kasallik qurbonlarining umumiy soni 11,3 mingdan oshdi, ammo kunlik o‘sish sur’ati ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda. Bu haqda bugun, 13 aprel kuni qirollik Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

“Koronavirusga tashxis olingan 290 720 kishidan 88 621 nafarida javob ijobiy chiqdi. 12 aprel mahalliy vaqt bilan soat 17:00 (Toshkent vaqti bilan soat 21:00) bo‘yicha kasalxonalarga yotqizilgan 11 329 bemor, afsuski, vafot etdi”, deyiladi xabarda.

23 mart kuni mamlakatda kasallik tarqalishiga qarshi kurashish uchun uch haftalik karantin joriy etildi. Odamlar, zarurat bo‘lmaganda, uylarini tark etishlari taqiqlandi. 16 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi karantinni uzaytirish masalasini ko‘rib chiqadi.

The Times gazetasining Britaniya hukumatidagi manbasining ta’kidlashicha, yaqin kelajakda qirollikda cheklov choralari yumshatilishini kutmaslik kerak.

Hukumatning ushbu yig‘ilishini Bosh vazir Boris Jonson boshqarishi hozircha noma’lum. Bir kun oldin u London kasalxonasidan chiqarildi. Ayni paytda Jonsonning vazifasini tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bajarmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Buyuk Britaniyada

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing