Koronavirus Argentina havosiga ta’sir ko‘rsatdi

Olam

image

20 mart kuni Argentina poytaxtida umumiy karantin e’lon qilingach, birinchi haftada havoning ifloslanish darajasi 50 foizga tushib ketdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi 20 dan 25 martgacha bo‘lgan davrda atmosferada ifloslantiruvchi moddalar borligi haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, ularni o‘tgan yilning shu davri bilan taqqosladi. Natijalar uglerod oksidi, azot oksidi va zararli zarralar konsentratsiyasi 50 foizga kamayganini ko‘rsatdi.

Shahar hukumati ma’lumotiga ko‘ra, havo, birinchi navbatda, avtomobil qatnovining sezilarli darajada kamaygani tufayli toza holga kelgan. Mamlakatda majburiy profilaktik ijtimoiy izolyatsiyani joriy etish to‘g‘risidagi farmonga ko‘ra, shaxsiy transportdan qayerga borayotganini isbotlay oladigan fuqarolargina foydalanish mumkin.

Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat Prezidenti Alberto Fernandes poytaxtda umumiy karantin joriy etilishini e’lon qilishdan avval Buenos-Ayresda havoning ifloslanish darajasi sezilarli darajada yomon bo‘lgan.

Argentinada ilk bor 3 mart kuni koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Bugunga kelib mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlar soni 1 353 kishini tashkil qilmoqda. 42 nafar bemor kasallik tufayli olamdan o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina

Baholaganlar

289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing