Uzoq Sharq o‘rmonlarida yong‘in boshlandi

Olam

image

Xabarovsk o‘lkasi va Baykaloldi hududida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 23 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi. Bu haqda Rossiya o‘rmonlarni himoya qilish boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Rossiyada o‘rmon yong‘inlari 45 dan ortiq regionda qayd etilgan, Rossiya Federatsiyasining 63 ta boshqa sub’ektida yong‘in davri boshlangan. Eng katta yong‘inlar Baykaloldi va Xabarovsk hududlarida qayd etildi.

“19 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 00:00 da (Toshkent vaqti bilan 02:00) Rossiya Federatsiyasining 24,774 gektar maydonida 45 ta o‘rmon yong‘ini qayd etildi. Tabiiy ofatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.

Shuningdek, Buryatiya Respublikasi, Yahudiy muxtor viloyati, Amur viloyati va boshqa mintaqalardagi o‘rmonlarda ham yong‘in boshlangan. Olovlarni o‘chirishga 2 655 kishi, 533 dona texnika va 20 samolyot jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Uzoq Sharq

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar