Buxoroda yo‘qolib ketish xavfi ostidagi 1500 tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatining olis cho‘l hududlarida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan va noyob bo‘lgan yo‘rg‘a tuvaloqlar qo‘yib yuborildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” (Emirates Center for Conservation of Houbara)da ko‘paytirilgan 1500 ta yo‘rg‘a tuvaloq qushi mazkur tur uchun maqbul deb hisoblangan hududlarga qaytarilgan. 

бухоро, qushlar

“Tuvaloqlarga ularning tarqalishi, omon qolishi va yovvoyi populyatsiyaga integratsiyalashuvini vaqti-vaqti bilan o‘rganishni davom ettirish uchun sun’iy yo‘ldosh transmitterlari o‘rnatib chiqilgan”, deyiladi xabarda.

Hokimlik xabariga ko‘ra, 2007 yilda tashkil etilgan BAAga qarashli naslchilik markazi tomonidan har yili 3-4 mingga yaqin qushlar parvarishlanadi. Ular erta bahorda yoki kuz – sentyabr oyining o‘rtalarida ochiq tabiatga qo‘yib yuboriladi. 

“Birinchi nasldor qushlarni chiqarish uchun tuxumlar viloyat hududidagi cho‘llardan yig‘ib olingan. Tabiatga hech qanday ta’sir o‘tkazmagan holda tuxumlar mavsumda imkon qadar erta to‘plangan. Loyiha ilmiy dalillarga muvofiq, ya’ni tutqunlikda ko‘paytirish va ozod qilish raqamlari bilan barqaror tamoyilga asoslangan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, yo‘rg‘a tuvaloq O‘zbekiston qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi qizil kitobiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

BAA yo'rg'a tuvaloq qizil kitob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing