Bugun U-23 Osiyo kubogining guruh o‘yinlari yakunlanadi

Sport

image

Bugun, 23 aprel kuni Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining guruh o‘yinlari nihoyasiga yetadi. “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh g‘olibligi uchun Vetnam bilan bahs olib bordi.

Ikki turdan so‘ng har ikki jamoada ham 6 ochko mavjud. O‘zbekiston ham, Vetnam ham 2-turdayoq guruhdan chiqish masalasini hal qilgan.

O‘zbekiston-Vetnam uchrashuvida g‘alaba qozongan jamoa musobaqa pley-off bosqichida Saudiya Arabistoni bilan, mag‘lub jamoa esa Iroq bilan to‘qnash keladi.

Qayd etish joiz, bugungi uchrashuvda “oq bo‘rilar” safida legioner futbolchilar Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov ham maydonga tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Vetnam uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi. Bahsga Doha shahridagi “Khalifa International” stadioni” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Saudiya Arabistoni Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing