Bugun Superliganing ikkinchi tur uchrashuvlari boshlanadi

Sport

image

Bugun joriy yilgi O‘zbekiston Superligasi bahslarining 2-tur o‘yinlariga start beriladi. Jumladan, Navoiyda “Qizilqum” futbolchilari Olmaliqning AGMK jamoasi bilan kuch sinashadi. Bekobodda esa “Metallurg” jamoasi Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi “Buxoro”ni qabul qiladi.

Turning markaziy o‘yinlari esa erta va indinga belgilangan. 30 mart kuni amaldagi O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari Namanganning “Navbahor” klubiga qarshi maydonga tushadi. 1-turda temiryo‘lchilar prinsipial raqibi “Paxtakor”ga yutqazib qo‘ygach, endi “lochinlar”ga qarshi yaralangan sher misoli harakat qilishi tabiiy.

Mart oyining so‘nggi kunida muxlislar biryo‘la ikkita derbiga guvoh bo‘ladi. Chunonchi, Toshkentda muxlislar “Paxtakor” va “Bunyodkor” qarama-qarshiligidan zavq olishsa, Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchilari “Andijon”ni qabul qiladi. Xullas, yaqin uch kun mobaynida muxlislarni bir-biridan qiziqarli o‘yinlar kutib turibdi.

O‘zbekiston superligasi. 2-tur

29 mart, juma

18:15. “Qizilqum” – AGMK

20:15. “Metallurg” – “Buxoro”

30 mart, shanba

16:15. “Surxon” – “Dinamo”

19:00. “Lokomotiv” – “Navbahor”

31 mart, yakshanba

17:00. “Bunyodkor” – “Paxtakor” (uchrashuv “Paxtakor” stadionida o‘tkaziladi)

19:15. “Qo‘qon-1912” – “Andijon”

19:15. “Nasaf” – “So‘g‘diyona”

Eslatib o‘tamiz, 1-tur o‘yinlaridan keyin “Paxtakor” va “So‘g‘diyona” klublari 3tadan ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yetakchilik qilishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga

Baholaganlar

14

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made