Bugun Superligada Toshkent derbisi

Sport

image

Bugun O‘zbekiston Superligasining 9-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Tur doirasida bugunga belgilangan yagona uchrashuv Toshkentda o‘tkaziladi.

Unda muxlislar Toshkent derbisi guvohiga aylanishadi. Poytaxtning ikki klubi – “Lokomotiv” va “Bunyodkor” o‘rtasidagi bahsga “temiryo‘lchilar” mezbonlik qilishadi.

E’tiborlisi, ikki klub turnir jadvalida yonma-yon borishmoqda. Vadim Abramov shogirdlari “Lokomotiv”dan 4 ochko kam jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda. “Temiryo‘lchilar” bu mavsum o‘z maydonida umuman yutqazmadi.

Ma’lumot uchun, hozirda “qaldirg‘ochlar” ustozi hisoblangan Vadim Abramov o‘z vaqtida “Lokomotiv”ni ham boshqargan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing