Bugun Superligada 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi

Sport

image

O‘zbekiston Superligasining 10-tur o‘yinlariga start beriladi. 

Dastlab, bu mavsumda o‘z uyida yutqazmagan “Dinamo” (3 g‘alaba va 2 durang), safarda hali g‘alaba qozona olmagan “Qizilqum”ni (2 durang va 3 mag‘lubiyat) o‘z uyida qabul qiladi.

Ikkinchi bahs Termiz shahrida, bu mavsumda hozircha eng kam (7ta) gol o‘tkazgan “Surxon” eng ko‘p (20ta) gol o‘tkazgan “Qo‘qon-1912” bilan to‘qnash keladi.

Shuningdek bugun bu tur dirasida vodiy derbisi ham o‘tkaziladi. Namanganda “Navbahor” – “Andijon”. “Navbahor”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi oltita o‘yinga yetdi. “Andijon” esa aksincha to‘rtta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti.

Bugunga belgilangan so‘nggi bahsda o‘tgan turda bir xil 0:0 hisobida durang o‘ynagan ikki klubning o‘zaro to‘qnashuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin. “Metallurg” – “Bunyodkor”.

“Metallurg” bu mavsum hozirgacha o‘z maydonida umuman mag‘lub bo‘lmadi (3 g‘alaba va 1 durang). “Bunyodkor” esa chempionatdagi so‘nggi ikki turda mag‘lub bo‘lgani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing