Isroil quruqlik va havodan Falastinga hujum qildi

Olam

image

Kecha, 27 mart kuni kechqurun G‘azo sektoridan Isroil hududi tomon raketa uchirildi. Bunga qarshi Isroil mudofaa kuchlari (IMK) havo va quruqlikdan XAMAS islomiy harakatining harbiy pozitsiyalari va infratuzilmalariga hujum qildi. Bu haqda Isroil armiyasining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“Raketa zarbasiga javoban IMKning samolyot va tanklari XAMASning G‘azo sektori shimoliy qismida joylashgan harbiy pozitsiyalari va infratuzilmalariga hujum qildi", deyiladi armiya matbuot xizmati xabarida.

Bugun, 28 mart kuni SAXALning (Isroil davlati qurolli kuchlari) ma’lum qilishicha, Falastin radikal kuchlari G‘azo sektoridan Isroil hududi tomon raketa uchirgan. Shuningdek, havo hujumiga qarshi sirenalar Falastin sohil anklaviga yaqin joyda joylashgan Sderot shahri hududida ham ishga tushgan.

Ma’lumot o‘rnida, 23 va 24 fevral kunlari Falastin radikallari va Isroil harbiylari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hujumlar paytida G‘azo sektoridan 80 ta raketa yahudiy davlatiga otildi. Ularning 70 nafari yo‘q qilingan. Bunga javoban Isroil Havo kuchlari Suriyaning Damashq janubida joylashgan “Islomiy Jihod” guruhining G‘azo mintaqasidagi o‘nlab ob’ektiga hujum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil

Baholaganlar

559

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing