Bugun “Paxtakor”ni jiddiy qarama-qarshilik kutmoqda

Sport

image

Bugun Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi tur o‘yinlariga start beriladi.

O‘zbekiston Superligasining o‘tgan mavsumdagi vitse-chempioni Toshkentning “Paxtakor” klubi Saudiya Arabistonida “Al Ahli” klubi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi. 

Bu o‘yin keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kechadi. Ya’ni bu guruhda Qatarning “Al Sadd” klubi 10 ochko to‘plab muddatdan avval yo‘llanmaga ega chiqqan. Ikkinchi yo‘llanma taqdiri esa aynan mana shu o‘yinda hal bo‘ladi. “Paxtakor”ga keyingi bosqichga chiqishi uchun g‘alaba yoki durang yetarli bo‘ladi. “Al Ahli”ni esa faqat g‘alaba qoniqtiradi xolos.

So‘nggi tur oldidan “D” guruhidagi holat quyidagicha:


Maqola muallifi

Teglar

OChL

Baholaganlar

60

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing