Bugun APLda YeCHL yo‘llanmasi uchun “dahshatli to‘qnashuv”!

Sport

image

Mavsum so‘ngi yaqinlashgani sari Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi kurashlar tobora keskinlashmoqda. Jamoalar keyingi mavsum YeCHL musobaqasida ishtirok etish uchun milliy chempionatlarda kerakli o‘rinlarni egallash maqsadida jon kuydirishayapti.

Ayniqsa, bu kurash APLda juda ham qizg‘in kechayapti. Premer liga muxlislari chempionlik uchun kurashayotgan “Manchester Siti” va “Liverpul” jamoalarining keyingi mavsumda YeCHLda ishtirok etishiga shubha qilishmayapti. Ammo, uchinchi va to‘rtinsi o‘rin egalarining kim bo‘lishlarini oldindan aytib berish qiyin. Bu o‘rinlar uchun bir yo‘la to‘rtta jamoa kurash olib bormoqda. Bu borada Londonning uch klubi: “Tottenxem”, “Arsenal” va “Chelsi”ga Manchesterning “MYU”si munosib raqobat tug‘dirayapti.

Bugun esa 30 tur doirasida, ikki grand to‘qnashuvi guvohiga aylanamiz. Londonnig “Arsenal”i o‘z uyida “Manchester Yunayted”ni qabul qiladi. Agar “konanirlar” bu bahsda g‘alaba qozona olishsa, turnir jadvalida “qizil iblislar”ni quvib o‘tib, to‘rtinchi o‘ringa joylashadi. Mag‘lubiyat esa, YeCHL yo‘llanmasidan mosuvo bo‘lish degani. Shunga ko‘ra har ikki tomon ham bugun maydonda bor kuchlari bilan g‘alaba qozonishga harakat qilishadi. 

Ma’lumot uchun, o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Manchester Yunayted

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing