Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya bo‘yicha sho‘’ba tashkil etildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 noyabrdagi qarori bilan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangani haqida xabar bergan edik. Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi tashkil etildi. 

Sho‘’baga quyidagi vazifalar yuklatildi:

•    buziladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar (mablag‘lar, yer uchastkasi va boshqa mulk) mavjudligini o‘rganish;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga kiritish uchun bo‘lajak qurilish ob’ektining loyiha hujjatlarini taqdimot materiallari shaklida tayyorlash;
•    olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokamani tashkil etish;
•    yer uchastkasi olib qo‘yilishi tashabbuskori va ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlari o‘rtasida tuzilgan, kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati nazarda tutilgan kelishuvlar hisobini yuritish;
•    kompensatsiyalar o‘z vaqtida va to‘liq berilishining doimiy monitoringini olib borish;
•    yer uchastkalari olib qo‘yilishi, kompensatsiya berilishi, ko‘chmas mulk ob’ektlari buzilishi, shuningdek, olib qo‘yilgan yer uchastkasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari haqida Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar kiritib borish.

Zarur hollarda tuman (shahar) hokimliklarida yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi kiritilishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori snos

Baholaganlar

19

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing