Toshkentda aholi orasida 11 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24 nafarga oshib, 4741 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Soliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 11 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahri va 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida hamda 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi.   

Ayni paytda mamlakatda 3637 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1085 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing