Talabalar qachondan o‘qishga tushishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2019 yil 31  avgustdan 3 sentyabrgacha dam olish kunlari etib belgilangani, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami munosabati bilan OTMlari jamoalariga munosib dam olish sharoitlarini yaratish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida yangi 2019/2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq, Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi 2019/2020 o‘quv yili boshlanish muddatini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM o'quv yili

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing