Andijonda “Open Andijan” forumi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19-20 oktyabr kunlari Andijon viloyatida “Open Andijan” I Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. 

Forum Andijon viloyati bilan mahalliy va xorijiy ishbilarmon doiralar o‘rtasida mintaqada investitsiya faoliyatini amalga oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va Farg‘ona vodiysida investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy o‘sishni oshirish bo‘yicha samarali muloqot o‘rnatish uchun platforma bo‘lishi rejalashtirilgan. 

Forumda 20 dan ortiq davlatlardan delegatsiyalar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Unda jami 500 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishi ko‘zda tutilgan. 

Eng ko‘p delegatsiya Hindistondan kelishi kutilmoqda. Gujarat shtatining gubernatori Vijay Rupani boshchiligidagi mehmonlarning tashrifi ham kutilmoqda.  

Forum doirasida quyidagilarni o‘tkazish rejalashtirilgan: 

- Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Gujarat gubernatori Vijay Rupani bilan ikki tomonlama uchrashuvi;

- Andijonda Sharda universiteti filialining tantanali ochilishi; 

- forum qatnashchilariga GM Uzbekistan avtomobil zavodi, shuningdek, Andijon viloyati hududida faoliyat ko‘rsatadigan boshqa korxona va kompaniyalarga tashrif buyurish. 

Forumning birinchi kunidagi asosiy voqeasi forumning biznes dasturi – yalpi majlis va bo‘limlarda ishlash bo‘ladi. 

Yoshlar markazida forumning yalpi majlisi ishtirokchilari bilan Andijon viloyati hokimi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari, taniqli chet ellik mehmonlar va investorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Kunning ikkinchi yarmida forum ishtirokchilari Savdo-sanoat palatasi binosidagi " Made in Uzbekistan" Andijon viloyatining investitsiya va sanoat salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi bilan tanishadilar.  Unda “O‘zavtosanoat” AK, “Andizansilko” QK,  “Sabo” MCHJ,  bundan tashqari “Hamkor” MCHJ,  “Neil Granite”,  MCHJ “Makrofarm” va shu kabi boshqa eksport kompaniyalari o‘zlarining eksport imkoniyatlarini namoyish etadilar. 

Shuningdek, mehmonlar farmatsevtika va yengil sanoat, mashinasozlik va qurilish sanoati, meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘limlari ishlarida qatnashadilar. 

Yo‘nalishlar doirasida chet el investorlari, xalqaro moliya institutlari vakillari va viloyat tadbirkorlari ishtirokida Andijon viloyatidagi investitsiya loyihalari to‘g‘risida samarali fikr almashish kutilmoqda. 

Forumning ikkinchi kunida ishtirokchilar Andijon viloyatining Xonobod shahridagi sayyohlik salohiyati bilan tanishadilar.


Maqola muallifi

Teglar

Open Andijan

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar