Ortiqxo‘jayev Toshkentning 5 tumani hokimlariga hayfsan berdi
Jamiyat
−
09 avgust 2020
16547Kecha, 8 avgust kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning 5 ta tumani hokimlariga hayfsan berish nazarda tutilgan farmoyishni imzoladi.
Farmoyishga (№113-f) ko‘ra, pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilayotgani hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun quyidagilar:
• Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkat Irgashev;
• Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev;
• Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov;
• Yunusobod tumani hokimi Rahmonbek Usmonov;
• Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga binoan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, shikoyatlar va berilgan topshiriqlar ijrosi sustligidan kelib chiqib, 5 tuman hokimidan tushuntirish xati ham olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 iyul kuni koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan hayfsan e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi