Buyuk munaqqidning 90 yilligi nishonlanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov o‘zining matonati, irodasi bilan insoniyatga o‘rnak bo‘lgan marifatparvar shaxs edi. Shu kunlarda adabyotshunos olim Ozod Sharafiddinovnng 90 yilligi O‘zbekistonda keng nishonlanmoqda. Munaqqidning ijodiga bag‘ishlab adabiy kechalar, bayram dasturlari, konsertlar o‘tkazilmoqda.

Bugun, 21 may kuni soat 15:00 da O‘zbek milliy akademik dramma teatrida ham ana shunday tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda go‘zal qo‘shiqlar, teatr aktyorlari tomonidan monologlar ijro etildi. Mashhur shoirlarning she’rlari yod aytildi. Munaqqidning yaqinlari tomonidan ustoz hayotidagi unitilmas voqealar tilga olindi.

O‘zbek adabiyotshunoslari, publitsistlari orasida Ozod Sharafiddinovning nomi yaqqol ajralib turadi. Olim, o‘z umrini shunchaki yashamadi, balki XXI asr yangi o‘zbek adabiyoti va milliy adabiy tafakkurining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. 

XX asrning 60-80-yillarida u Cho‘lpon hayoti va ijodini targ‘ib qilishga intildi. O‘zbek adabiyotining Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: “Iste’dod jilolari” (1976), “Adabiy etyudlar” (1968), “Abdulla Qahhor” (1988), “Birinchi mo‘jiza” (1979). Olim ijodida o‘zga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan “Yalovbardorlar” (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim o‘rin egallaydi. 

Mustaqillik yillarida Ozod Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi,  ham tarjimon,  ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. “Cho‘lpon” (1991), “Cho‘lponni anglash” (1994) kitoblari, “E’tiqodimni nega o‘zgartirdim” (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Ozod Sharafiddinovning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi munosib taqdirlanib  Beruniy nomidagi Davlat Mukofoti, “Buyuk xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlandi. 2002 yil 23 avgustda Ozod Sharafiddinovga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi.

 

Durdona Sharafiddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ozod Sharafiddinov

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar