Olimlar OIVning yangi shtammini aniqladilar

Salomatlik

image

Amerikalik tadqiqotchilar 19 yil ichida birinchi marta inson immunitet tanqisligi virusi (OIV)ning yangi shtammini aniqladilar. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar bermoqda

Tadqiqot turli diagnostika vositalarini ishlab chiqaradigan “Abbott Laboratories” Amerika farmatsevtika kompaniyasi xodimlari tomonidan olib borilgan. Olimlarning qayd etishlaricha, Kongo Demokratik Respublikasida yashovchi uch kishi OIVning ushbu shtammini yuqtirgan. Bungacha oxirgi marta 2000 yilda OIVning yangi shtammi aniqlangan edi. 

Mutaxassislarning aytishicha, yangi shtammning aniqlanishi qisqa vaqt ichida OIV tashxisi yoki davolash usullarining samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo kashfiyot tadqiqotchilarga virusning qanday paydo bo‘lganini va tarqalishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Kelajakda bu mutaxassislarni OIVga qarshi samarali va arzon vaksinani yaratishlariga sabab bo‘lishi mumkin. 

Bunday dori vositasini yaratishga urinishlar bir qator mamlakatlarda, shu jumladan Rossiyada ham amalga oshirilmoqda. 2018 yil may oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha Birlashgan dasturining vakillari bunday vaksinani ishlab chiqish halokatli virusga qarshi kurashda katta muvaffaqiyat bo‘lishini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

OIV OITS

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made