Bitiruvchilarga attestatlar qachon berilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 may kuni Hukumat qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartib to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Nizomga muvofiq, attestat va sertifikatlarni bitiruvchilarga topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

•    har yili 10 iyunga qadar bitiruvchilarning baholari, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlar (sinf jurnali, baholar tabeli) o‘rganilib, attestat va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar ro‘yxati shakllantiriladi hamda pedagogik kengashga taqdim etiladi;
•    pedagogik kengash har yili 15 iyunga qadar bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
•    bitiruvchilarga attestat va sertifikat har yili 20 iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni  tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat  beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Huquqiy axborot

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing