O‘zbekistonning internet tezligi reytingidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi

Texnologiya

image

Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2020 yilning aprel oyi yakunlariga internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda dunyodagi davlatlarning mobil va simli internet tezligi taqqoslab chiqilgan.

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 139 davlat ichida 133-o‘rinda qayd etilgan — Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 9,68 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 5,36 Mb/soniya. Bu aprel oyiga nisbatan bir pog‘ona pastroq.

Simli internet borasida O‘zbekiston 174 davlat orasida 94-o‘ringa joylashtirilgan. Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 25,88 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 25,98 Mb/soniya teng. Bu aprel oyiga nisbatan bir pog‘ona yuqori.

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida mobil internet tezligi bo‘yicha Litva — 23, Estoniya — 31, Moldova — 53, Latviya — 56, Armaniston — 51, Ozarbayjon — 65, Gurjiston (Gruziya) — 73, Ukraina — 75, Rossiya — 94, Qozog‘iston — 99, Qirg‘iziston — 104, Belarus — 110, Tojikiston — 127-o‘rinda joylashtirilgan.

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida simli internet tezligi bo‘yicha Latviya — 27, Litva — 25, Rossiya — 47, Estoniya — 46, Moldova — 50, Belarus — 53, Ukraina — 58, Qozog‘iston — 66, Qirg‘iziston — 81, Armaniston — 93, Gurjiston (Gruziya) — 95, Ozarbayjon — 114, Tojikiston — 99, Turkmaniston so‘nggi 174-o‘rinda joylashtirilgan.

Ro‘yxatda mobil internet tezligi bo‘yicha Janubiy Koreya, simli internet tezligi bo‘yicha hamon Singapur birinchi pog‘onadan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting internet tezligi

Baholaganlar

476

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing