Prezident maktabi bitiruvchilariga xorijiy OTMga kirish imkonini beruvchi diplom beriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Prezident maktablari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Nizom bilan Prezident maktablarining maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Xususan, ushbu maktablarning asosiy maqsadi ma’nan yetuk va intellektual barkamol avlodni shakllantirishdan iborat.

Prezident maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) topshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Mazkur imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganlarga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkonini beradigan xalqaro diplom beriladi.

Prezident maktablariga 4-sinf (birinchi o‘quv yilida 4–9-sinflar) bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari – matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo – bo‘yicha a’lo bahoga tugatgan)   o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

Qabul boshlanishidan kamida 10 kun oldin e’lon qilinadi.

Hujjatlar bevosita qabul komissiyasiga yoki elektron shaklda ham topshirilishi mumkin.

Imtihonlar ikki bosqichda o‘tkaziladi:

•    1-bosqich – matematika fanidan 30 ta test;
•    2-bosqich – axborotni tahlil va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha – 16 ta masala;
•    mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan – 24 ta masala;
•    ingliz tilidan – 55 ta test.

Imtihon natijalari Xalq ta’limi vazirligining va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytiga imtihondan so‘ng 30 kun mobaynida joylashtiriladi.

Shuningdek, nizom bilan Prezident maktablariga xodimlarni qabul qilish, ularning mehnatiga haq to‘lash tartiblari belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Prezident maktablari

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing