Surxondaryoda 1,1 mlrd so‘mlik dorilarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 1,1 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bu haqda Famatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish aganetligi xabar berdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Termiz shahrida yashovchi fuqaro X.X. xam umumiy qiymati 46,8 million so‘mlik 810 quti “Azaleptol Klozapin” nomli dori vositalarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Shundan so‘ng fuqaro X.X.ning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning uyidan umumiy qiymati 998,2 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini saqlab kelayotgani aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, tadbirlar davomida fuqaro L.H. umumiy qiymati 54,8 million so‘mlik 783 quti “Azaleptol Klozapin” dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tezkor tadbir davomida jami 1,1 milliard so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing