Yunusobodliklarga tabiiy gazdan qariyb 1,1 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilindi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yunusuob tumani aholisiga tabiiy gaz uchun 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.

Ma’lumki, Yunusobod tumanida 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab eksperiment tariqasida aholi iste’moli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi – isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m, boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m etib belgilangandi. Gazdan foydalanishning ushbu normalardan oshgan qismi uchun amaldagi tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsiyentni qo‘llash joriy etilgan.

Karantin davrida bazaviy normadan ortiqcha foydalanilgan tabiiy gaz uchun qo‘shimcha koeffitsiyent qo‘llanilayotganligi moliyaviy qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgani tumandagi iste’molchilarning noroziligiga va ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Bu hududda joriy etilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining bazaviy normalari qo‘llanilishini to‘xtatish to‘g‘risida kiritilgan taklifga Vazirlar Mahkamasi tomonidan rozilik berilib, ushbu eksperiment 2020 yil 1 apreldan to‘xtatilgandi.

Biroq, Agentlik tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar, joriy yil aprel, may va iyun oylarida ham Yunusobod tumanida yashovchi tabiiy gaz iste’molchilariga qo‘shimcha to‘lovlar hisoblab kelinganligini ko‘rsatdi.

Agentlik tomonidan 2020 yil 28 avgustda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialiga foydalanilgan tabiiy gazning bazaviy normadan oshgan qismi uchun belgilangan tarifga nisbatan oshirilgan koeffitsiyentni 2020 yil 1 apreldan boshlab qo‘llash hisobiga yuzaga kelgan mablag‘larni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha talabnoma berildi.

Natijada, jami 24 ming 527 nafar iste’molchiga bazaviy normadan ortiqcha foydalanilgan tabiiy gaz uchun belgilangan tarifga nisbatan oshirilgan koeffitsiyent qo‘llanilishi natijasida hisoblangan 1 milliard 94 million 400 ming so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

45

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made