Bugun O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha rekord o‘rnatildi
Jamiyat
−
25 iyun 2020
14885Bugun, 25 iyun kuni Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida yana 102 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu tariqa 68 nafar shifo topgan bemorlar bilan birgalikda bugun Toshkentda yana 102 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lib, ularning soni 170 nafarga yetdi.
Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 2737 nafar bemor sog‘aydi.
Bugun O‘zbekistonda 192 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi. Shu tariqa bugun sog‘ayishning rekord ko‘rsatkichi qayd etildi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4877 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023