Dilshodbek Ro‘zmetov finalga chiqdi

Sport

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari davom etmoqda.

81 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov final ostonasida Buyuk Britaniya vakili Benjamin Uitteker bilan bahs olib bordi.

3 raund o‘zining ajoyib harakatlari bilan ajralib turgan Dilshodbek Ro‘zmetov bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari orasida final yo‘llanmasiga sazovor bo‘lgan bokschilar soni 3 nafarga yetdi. Bungacha 52 kilogramm vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov hamda 57 kilogramm vazn toifasidagi Mirazizbek Mirzaxalilov finalga yo‘l olgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Dilshodbek Ro'zmetov final

Baholaganlar

14

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing