O‘rtasaroydagi karantin markazida xorijdan kelgan 143 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 211 nafarga oshib, 30 820 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    176 nafari Toshkent shahrida (shundan 33 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

•    143 nafari esa O‘rtasaroy karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida);

•    24 nafari Toshkent viloyatida;

•    11 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘Zbekistonda 22 042 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 582 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 378 nafari og‘ir, 386 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing