Respublika fan olimpiadalari g‘oliblarini oliygohga test sinovlarisiz qabul qilish bekor qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 3 may kuni “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, endilikda Xalq ta’limi vazirligida 14 ta shtat birligidan iborat Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etiladi.

Shuningdek faqat xalqaro olimpiadalar g‘oliblari OTMlarga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi. Aynan bunday imtiyoz beradigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi.

Respublika miqyosida o‘tkaziladigan asosiy fan olimpiadalari g‘oliblarini imtihonsiz OTMga qabul qilish tizimi bekor qilinadi. Endilikda asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-3 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing