Samarqand-Sankt-Peterburg yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Mamlakatning turli hududlaridan Rossiyaga borayotgan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Samarqand-Toshkent-Sankt-Peterburg” yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalishda ilk qatnov joriy yilning 25 fevral kunidan boshlanadi. Qatnovlar shu kundan boshlab kunora amalga oshiriladi. Yo‘nalishda O‘zbekiston tomonidan Uzautotrans service MCHJ va Rossiyaning “TTK GLOBUS” MCHJ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Qatnov Samarqand avtovokzalidan soat 09:00 da boshlanadi va “Toshkent” avtovokzalidan avtobus 15:00 da jo‘naydi. Qatnov masofasi 4436 km.ni tashkil etadi. Yo‘lovchilar Sankt-Peterburg markaziy avtovokzaliga eltib qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘ylab chipta narxi Samarqanddan 840 000 so‘m, Toshkentdan esa 800 000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, joriy yilning 15 fevral kunidan e’tiboran Toshkent-Omsk yo‘nalishida ham muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 000 so‘m etib belgilangan. 
 
Bugungi kunda Rossiyaga Toshkent - Nijniy Novgorod, Toshkent - Qozon, Toshkent - Moskva yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari ham amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg avtobus

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing