Idlibdagi urush Erdo‘g‘an uchun tuzoq bo‘lishi mumkin

Olam

image

Idlibda yuz bergan voqealar fonida Turkiya va Suriya o‘rtasidagi urush Anqara va Prezident Rajab Erdo‘g‘an uchun tuzoq bo‘lishi mumkin. Bu haqida mamlakatning “Vatan” partiyasi vakillari so‘z yuritgan. 

"Turkiya va Suriyadagi tarang vaziyat xavotirga sabab bo‘lmoqda. Biz ogohlantiramizki, Turkiyani tuzoqqa ilintirishmoqda. Prezidentimiz mamlakat bilan birga tuzoqqa tushmoqda. AQSH va Isroil ma’muriyati bu tuzoqni yaratdi. Ular Turkiyani Suriya bilan urushga undamoqda", deyiladi partiya xabarida.

“Vatan” partiyasi, nafaqat Turkiya, balki qo‘shni - Suriya, Iroq, Eron va Rossiya davlatlari jiddiy tahdidlarga duch kelayotganini eslatib o‘tdi. Bayonot mualliflarining fikriga ko‘ra, qo‘shni davlatga qarshi urush boshlanishi "tuzoqqa tashlangan qadam" bo‘ladi. “Oqibatda, AQSH va Isroil rasmiylarining rejalariga ko‘ra, Erdo‘g‘an hukumati ichki va tashqi siyosatida qo‘llab-quvvatlanmaydi”, deydi bayonot mualliflari.

"Suriya bilan urush Turkiyani izolyatsiya va uni strategik ittifoqchilari bo‘lmish Rossiya, Eron va Iroq, shuningdek, Xitoydan uzoqlashtiradi", deyilgan partiya bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Idlib

Baholaganlar

488

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made